«Ayritom» postida ikki kilodan ko‘proq «opiy» to‘xtatib qolindi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Ayritom» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan DXX chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda navbatdagi kontrabanda holatiga chek qo‘yildi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.
Qo‘shni Afg‘onistondan bojxona postiga kirib kelgan yuk poyezdi vagonlari belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilganda, xizmat iti vagonlardan birida shubhali modda borligi yuzasidan belgi bergan. Shundan so‘ng, mazkur vagon chuqurlashtirilgan bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda vagonning pastki balka qismida xufyona tarzda yashirilgan jami og‘irligi o‘rami bilan 2,14 kilogramm bo‘lgan «opiy» giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter