Ayrim shaxslarga har oyda kompensatsiya puli to‘lanadi
Hukumat qarori (99-son, 23.02.2021 y.) bilan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha BHMning 50 foizi (122 ming 500 so‘m) miqdorida har oyda kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lanishi belgilandi.
Bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etayotgan ko‘chaboshi va uyboshilar faoliyati samaradorligi bir qator asosiy ko‘rsatkichlar orqali baholanadi.
Shuningdek, mazkur shaxslar faoliyatini baholashda ular biriktirilgan ko‘cha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat ko‘rsatganligi inobatga olinadi va mezonlardan kelib chiqqan holda 70 balldan yuqori ball to‘plagan taqdirda to‘lanadi.
Kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lanishi ko‘chaboshi va uyboshilar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etmasa muddatidan oldin to‘xtatiladi.
Mazkur kompensatsiya pul to‘lovlari mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari orqali amalga oshiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter