«Ayollar muruvvat uyi»ga ishga joylab qo‘yish uchun 1,600 dollar so‘ragan ayol qo‘lga olindi

Buxoroda «Ayollar muruvvat uyi»ga hamshira vazifasiga ishga kiritish uchun 1.600 dollar talab qilgan ayol aniqlandi. Bu haqda Buxoro IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1990 yilda tug‘ilgan O.M. ismli ayol boshqa bir fuqarodan uning tanishini tibbiyot muassasalarida ishlovchi o‘zining vakolatli tanishlari orqali Buxoro nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun «Ayollar muruvvat uyi»ga hamshira vazifasiga ishga kiritish evaziga 1.600 AQSh dollari berishni talab qiladi.
Joriy yil 2 avgust kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida «Jondor-Qorako‘l-Olot» yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchi tashuvchi avtomashinalar turargohida ushbu ayol talab qilingan pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter