Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayol sudyalar soni ikki nafarga ko‘paydi

Ayol sudyalar soni ikki nafarga ko‘paydi

Foto: Sudyalar oliy kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining kuni kecha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Kengash matbuot xizmati xabar qildi.

Unga ko‘ra, mazkur tayinlovlar ortidan ayol sudyalar soni ikki nafarga ko‘paydi.

Kengash qarori bilan:

Mavlyuda Nazimovna Umarova sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Nazokat Tilovovna Bayzaqovasudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Har ikki mutaxassis sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatida bo‘lish tajribaga ega bo‘lib, tayinlovga qadar M.Umarova Farg‘ona viloyatidagi advokatlik byurosi advokati, N. Bayzaqova esa Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Shu tariqa tizimdagi ayol sudyalar soni 160 nafarga yetdi. Ularning 44 foizini birinchi marta sudyalik lavozimiga tayinlangan xotin-qizlar tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring