Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokorlar ayiq hujumiga uchragan shaxsning yuzini tiklashdi

Shifokorlar ayiq hujumiga uchragan shaxsning yuzini tiklashdi

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida 15 kishilik guruh qarag‘ay yong‘oqlarini yig‘ayotgan edi. Ulardan biri qo‘ng‘iroq qilish uchun balandroq joyga chiqadi. U yerda uni yirtqich ayiq tutib oladi.

Sheriklari yugurib kelib, hayvonni haydab yuborishdi. Biroq bungacha u jiddiy jarohatlangandi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari jabrlanuvchini vertolyotda shifoxonaga olib borishadi.

Xakasiyada shifokorlar ayiq hujumiga uchragan bu shaxsning yuzini operatsiya qilishdi. Amaliyot 6 soat davom etdi.

Miya va ichki a’zolar shikastlanmagan, ammo ayiq erkakning yonoq va burun suyaklarini, yuqori jag‘ tishlari va tanglayini ezib tashlagandi. Bundan tashqari, yuz nervi, tuprik bezi va yuz qatlami qattiq yaralangani aniqlangan.

Bemorning hozirda hushi joyida va u tiklanmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayiq qo‘lini tishlay boshlagan, keyin esa boshini ushlab olgan. Jabrlanuvchi qarshilik ko‘rsatadi va yovvoyi hayvon changalidan qutuladi.

Shifokorlar, bemor 3-4 hafta ichida normal hayotga qaytishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring