Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliq ovlaganlar qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi bo‘limi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar L.T. va B.M. «Arnasoy» suv ombori hududida hech qanday hujjatlarsiz taqiqlangan ov anjomlaridan foydalanib, jami 343 bosh baliq ovlab, hayvonot dunyosiga 201,1 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter