Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtomobil ekosistemasi “Abozor” taqdimotida 30ta avtomobil auksionda sotildi

Avtomobil ekosistemasi “Abozor” taqdimotida 30ta avtomobil auksionda sotildi

10 oktyabr kuni O‘zbekiston bo‘ylab avtomobillarni sotib olish va sotish bo‘yicha yangi platforma – “Abozor” ilovasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridagi dilerlar (avtosavdogarlar) o‘rtasida yopiq auksion o‘tkazildi. Auksionda 30 dan ortiq UzAuto Motors avtomobillari bozor narxida sotildi. Xarid qilingan modellar orasida Nexia 3, Gentra, Tracker, Malibu va boshqa ommabop avtomobillar bor.

Auksionning afzalliklari:

  • Sotuvchilar O‘zbekiston bo‘ylab ko‘plab dilerlardan narx-navo bo‘yicha taklif olishadi.
  • Avtomobilni auksionga qo‘yish uchun sotuvchilar avval avtomashinani ilovaga kiritilgan avtoservis markazlarida diagnostikadan o‘tkazishi kerak.
  • Dilerlar narx taklif qilishdan oldin avtomobilning texnik holatini onlayn tekshirishlari mumkin.
  • Avtomobil sotuvchisi 24 soat davomida dilerlardan takliflar qabul qilib, eng qulayini tanlashadi

Endilikda Abozor ilovasida auksion 24 soat ishlaydi va mijozlar avtomobilni diagnostikadan o‘tkazib auksionga joylashi mumkin. Dilerlar (yani avtosavdogarlar) esa, qulay paytda avtomobilni tekshirib narx taklif berishadi.

Abozor - ilova haqida

Avtomobillar kompleksi sohasida yetakchi bo‘lgan “Agroup” kompaniyasi, ko‘p funksiyali “AVTOritet” avtoservislar tarmog‘i bilan birgalikda – “Abozor” platformasini ishga tushirdi. Ushbu loyiha foydalanuvchilarga avtomobillarni tez sotish va sotib olish uchun qulay va ishonchli yechim taklif etadi. (“Agroup” kompaniyasi tarkibiga AVTOritet servis, Orient Motors avtosalonlari, avtoyuvish shoxobchalari, yuk mashina saloni va servislar, BYD va Toyota dilerlik markazlari kiradi).

Bugun texnologiyalar rivoji va iste’molchilar xohish-istaklarining o‘zgaruvchanligi natijasida avtomobil bozorida kuzatilayotgan o‘zgarishlar sharoitida yangi tendensiyalarni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy yo‘nalishlar sifatida elektrlashtirish, barqaror rivojlanish, ulangan avtomobillar, raqamlashtirish va onlayn savdoni ko‘rsatish mumkin.

“Abozor" shunchaki e’lonlar sahifasi emas. Bu qulay baholash, auksion va ekspert tekshirish tizimlari orqali avtomobillarni sotib olish va sotish jarayonini soddalashtiradigan keng qamrovli va shaffof platformadir.

“Abozor”ning asosiy xususiyatlari:

  • Marketpleys: davlat raqamidan foydalangan holda avtomobilingiz haqidagi asosiy ma’lumotlarni (jumladan, VIN raqamini) tezda olish mumkin bo‘lgan e’lonlar sahifasi va qulay interfeysdan foydalanib, avtomobilni sotish e’lonini tezda joylashtirishingiz mumkin;
  • Onlayn auksion: “Abozor” ilovasida avtomobilni tekshiruvdan o‘tkazib aukssionga qo‘yish imkoniyati. O‘zbekiston bo‘ylab 500 dan ortiq professional avtosavdogarlar o‘z narxlarini taklif qilishadi, sotuvchilar esa o‘zlariga ma’qul kelgan narxni tanlashlari mumkin bo‘ladi.
  • Diagnostika: Avtomobil egalarining asosiy tashvishlaridan biri – diagnostika. Bizning maqsadimiz mijozlarni avtomobil holati bo‘yicha to‘liq hisobot bilan ta’minlash. Har bir avtomobil ishonchli xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tekshirilishi mumkin va “Tekshirilgan” stikerini oladi, bu xavfsizlikni kafolatlaydi va xarid jarayonini tezlashtiradi.
  • Baholash: uyingizdan chiqmasdan bir necha daqiqa ichida avtomobilni bozor qiymati bo‘yicha onlayn baholash. Narxlar haqiqiy bozor narxlari asosida, shuningdek, biz maʼlumotlar bazasini yaratishda foydalangan sunʼiy intellekt yordamida shakllantiriladi, bu esa avtomobilingizning aniq narxini bilish imkonini beradi. Ilova vaqtingizni tejab, internetda soatlab ma’lumot qidirish zaruratidan halos qiladi.
  • Mening garajim: texnik ko‘rik, sug‘urta va tonirovka muddatini kuzatish imkoniyati. Shuningdek, avtoservis markazlari, avtoyuvish shoxobchalari va avtomobil bozorlari bilan integratsiya ham rejalashtirilgan. Sug‘urtani rasmiylashtirish, tonirovka va avtomobilingiz uchun kerakli bo‘lgan barcha malumotlarni “Mening garajim”da kuzatishingiz  mumkin bo‘ladi.

Biz mahsulotlarimizni yanada takomillashtirish uchun O‘zbekiston avtomobil bozori va  iste’molchilarning xohish-istaklarini o‘rganishda davom etamiz. Yaqin kunlarda 5,3 gektar maydonda “Abozor” avtomobil bozorini ochish rejalashtirilgan. Uning hududidan avtoservis, avtoyuvish shoxobchasi, test-drayv yo‘li, auksion markazi, avtomobil bozori va eski avtomobillar uchun savdo maydonchasi joy oladi. Shuningdek, haydovchilar YHXX, notarius, sug‘urta va moliyaviy xizmatlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. “Abozor” har bir kishi o‘z mashinasi uchun kerak bo‘lgan hamma narsani topadigan noyob ekotizimga aylanadi.

Abozor ilovasiga havola: Appstore / Playmarket / Instagram

Batafsil ma’lumot: +998555559999

Reklama

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring