Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avtojarima va boshqa ma’lumotlar jamlangan mobil ilova ishlab chiqildi

Avtojarima va boshqa ma’lumotlar jamlangan mobil ilova ishlab chiqildi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan navbatdagi innovatsion loyiha — «Yo‘l harakati sohasida interaktiv xizmatlarni taqdim etish» bo‘yicha «Road24» axborot tizimi joriy etilib, uning test talqini ishga tushirilish arafasida turibdi.

Mazkur mobil axborot tizimi yo‘l harakati qatnashchilari va YPX xodimlari uchun qulaylik yaratish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda axborot kiritish, olish va tarqatish imkoniyatlari mavjud.

Jumladan:

  1. Aholini yo‘l-transport hodisasi o‘choqlari haqida tezkor xabardor qilish;
  2. Yangi o‘rnatilgan yo‘l belgilari haqida xabardor qilish;
  3. Chorrahalarda tirbandliklarni oldini olish, muammoli vaziyatlarni kamaytirish;
  4. Foydalanuvchilar yo‘l harakati qoidalarini buzganlik holati to‘g‘risida axborotlarni taqdim etish (aynan ushbu road24 dasturi orqali olingan videoyozuvlarni ilova qilib yuborish);
  5. Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar haqida ma’lumotlarni olish;
  6. Jarimalarni to‘lash imkoniyati;
  7. Avtomobil yo‘llarini ma’lum muddatga yopilishi (ta’mirlash ishlari) haqida axborotlarni oldindan olish imkoni;
  8. Har bir foydalanuvchining shaxsiy kabineti;
  9. Statistik axborotlarni jamlashni yagona tizimini yaratish;
  10. Transport vositasini jarima maydonchasidan olib chiqish uchun masofadan turib, onlayn tarzda ruxsatnoma olish imkoniyati.

«road24» dasturiga kirish https://road24.uz maxsus link orqali amalga oshiriladi.

Shuningdek, haydovchi yoki piyoda tomonidan aniqlangan yo‘lda harakatlanish bilan bog‘liq muammolar ushbu dasturga belgilanib, boshqa haydovchilar ogohlantiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring