Avstriyada yangi kansler Karl Nexammer o‘z lavozimiga kirishdi
Avstriyaning yangi kansleri Karl Nexammer 6-dekabr kuni lavozimga kirishishi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda qasamyod qildi. Tantanali tadbir Xofburg saroyidagi prezident Aleksandr Van der Bellen ma’muriyatida bo‘lib o‘tdi.
Avval o‘tish davrida kansler vazifasini bajaruvchi mamlakat tashqi ishlar vaziri Aleksandr Shallenberg tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i sifatidagi asosiy vazifalariga qaytdi.
Oktyabr oyida 2017-yildan beri kansler lavozimida ishlab kelayotgan Sebastyan Kurs iste’foga chiqdi. Siyosatchi mamlakatda avj olgan korrupsiya mojarosi fonida shunday qarorga kelgan. Dekabr oyi boshida Kurs ham egallab turgan barcha siyosiy lavozimlaridan iste’foga chiqish niyatida ekanini ma’lum qilgan.
3-dekabr kuni Avstriya ichki ishlar vaziri Karl Nexammer bir ovozdan hukmron Avstriya xalq partiyasi raisi etib saylandi. Bu qaror siyosatchiga respublika kansleri lavozimini egallashga imkon berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter