Avstraliyada so‘nggi 50 yildagi eng kuchli qurg‘oqchilik kuzatilmoqda
Avstraliyadagi eng ko‘p aholiga ega Yangi Janubiy Uels shtati hududida so‘nggi 50 yildagi eng kuchli qurg‘oqchilik kuzatilmoqda. Bu haqda «Korrespondent.net» xabar qildi.
«ABC News» telekanalining ta’kidlashicha, qurg‘oqchilikdan Avstraliya janubiy sharqining katta qismi aziyat chekayotgan bo‘lsada, aynan Yangi Janubiy Uelsdagi 800 ming kv.km. hududdagi vaziyat o‘ta keskin.
«Bu juda qiyin. Shtatda biror odam yo‘qki, fermerlarimiz va mahalliy aholi uchun yomg‘ir yog‘ishini tilamayotgan bo‘lsa»,-deydi shtatning xomashyo sanoati vaziri Niall Bleyr.
Xabar qilinishicha, Yangi Janubiy Uels hokimiyati va federal hukumat hosilning qurib ketgani sabab fermerlarga moddiy yordam ko‘rsatmoqda, ammo ajratilgan mablag‘ yetarli bo‘lmayapti.
Shuningdek, fermerlarga uy sigirlari uchun qo‘yiladigan suvni ichadigan yovvoyi kengurularni otishga ham ruxsat berildi.
Meteorologlar quruq havo yaqin uch oy davom etishini taxmin qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter