Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Avstraliya Afg‘onistondagi qotilliklar uchun kechirim so‘radi

Avstraliya Afg‘onistondagi qotilliklar uchun kechirim so‘radi

Avstraliyaning elita harbiylari afg‘onlarni shunchaki o‘ldirishgani ma’lum bo‘lgan edi.

Tekshiruv chog‘ida Avstraliya kontingentining SAS (Maxsus havo-desant xizmati polki) bo‘linmasidagi harbiy xizmatchilar jang maydonidan tashqarida kamida 39 nafar afg‘onni o‘ldirishgani aniqlangan. Ushbu ayblovlar 400 nafar guvohning ko‘rsatmalariga asoslangan.

Qayd etilishicha, 2009 — 2013-yillarda patrul komandirlari safga yangi qo‘shilgan askarlarga tezroq moslashishlari uchun afg‘onlarni shunchaki o‘ldirishni buyurishgan. Harbiy asirlar, dehqonlar, tinch aholi ularning qurboniga aylanishgan. Avstraliyaliklar afg‘onlarni harbiy harakatlar paytida halok bo‘lishdi, deb aldab sababsiz qotilliklarni yashirishga urinishgan. 19 kishiga nisbatan tergov harakatlari boshlandi, SAS batalonlaridan biri esa tarqatib yuboriladi.

Ushbu holat ma’lum bo‘lgach, Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘aniga qo‘ng‘iroq qilib, hamdardlik bildirdi. Suhbat davomida avstraliyalik askarlarning bunday harakatidan qattiq afsusdaligini bildirib, bu ish yuzasidan adolatli qaror chiqarilishiga va’da bergan.

Avstraliya tashqi ishlar vaziri Meris Peyn ham afg‘onistonlik hamkasbiga uzr so‘rab xat yozgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring