Avgust oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Respublika Gidrometeorologiya xizmati kirib kelayotgan avgust oyida kutilayotgan ehtimoliy ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
O‘zbekistonda avgust oyining o‘rtacha oylik harorati iyul oyining o‘rtacha oylik haroratidan 1,5-2,5 darajaga past, ammo baribir bu juda issiq oydir.
Issiq ob-havo cho‘qqisida havo harorati 40-43 darajaga, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida yesa 44-47 darajaga yetadi.
Shunday qilib, Toshkentda barcha kuzatuv yillari uchun avgust oyida maksimal harorat 43,1 darajani tashkil etadi, bu holat 1944 yil 8 avgustda qayd etilgan. Ushbu qiymatga yaqin bo‘lgan maksimal harorat 2011-yil avgust oyida kuzatilgan (43,0 daraja) edi.
O‘zbekistonda barcha kuzatuv yillari uchun 2021 yilning avgust oyi eng issiq bo‘lib, bunda o‘rtacha oylik harorat me’yordan 1,5-2,5 darajaga yuqori bo‘ldi. Biroq, 2021 yil avgust oyida ekstremal yuqori harorat kuzatilmadi. Toshkentda maksimal havo harorati 40,0 daraja belgisidan bir marta bo‘lsa ham yuqoriga ko‘tarilmadi.
Iyul bilan taqqoslaganda, odatda avgust oyida salqin havo kirib kelishi soni ko‘payadi, shuning uchun avgust oyida havo harorati 40 daraja va undan yuqori bo‘lgan davrlar qisqa muddatli bo‘lib, hududning ko‘p qismida 2-3 kundan ko‘p bo‘lmaydi.
Avgust - yilning eng quruq oyidir. Yomg‘irlar ko‘pincha tog‘ oldi va tog‘li hududlarda kuzatiladi. Respublikaning tekislik hududlariga yomg‘ir har yili yog‘maydi va yomg‘ir kuzatilganda esa mahalliy xususiyatga yega bo‘ladi.
Dunyoning yetakchi prognostik markazlari hisob-kitoblarini jalb qilgan holda, O‘zgidromet tomonidan tuzilgan dastlabki baholash bo‘yicha ushbu yilning avgust oyi o‘rtacha issiq bo‘ladi.
Oyning dastlabki besh kunligida maksimal havo harorati 35-40 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra harorat foni 33-38 darajagacha pasayadi.
Keyinchalik avgust oyi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.
Kunduz kunlari harorat asosan 33-38 daraja atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi yarmida haroratg 30-33 darajagacha qisqa muddatli davrga pasayishi mumkin.
Faqat respublikaning ayrim, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter