Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Astronomlar koinotga uchgan «Tesla Roadster»ning Marsga yaqinlashish sanasini ma’lum qildi

Astronomlar koinotga uchgan «Tesla Roadster»ning Marsga yaqinlashish sanasini ma’lum qildi

«Tesla Roadster» elektrokari.

Foto: «Nv.ua»

«Tesla Roadster» 2020-yilning 8-oktyabrida Mars sayyorasiga yaqinlashadi. Elon Maskning koinotga uchgan elektrokari bilan Mars orasidagi masofa 7 million kilometrga qisqaradi, deb xabar berdi «Nv.ua».

«Elektrokarning Marsga eng yaqin keladigan oralig‘i 2020-yilning 8-oktyabrida sodir bo‘ladi. Ular orasidagi masofa 7 million kilometrga yetadi. Bu Marsning tortishish kuchi sohasi ta’siri ostida emas», — deb yozadi Harvard-Smitsonsk astrofizika markazi xodimi Jonatan Makdauell.

«Tesla Roadster» Yer atrofidan bir necha marotaba uchib o‘tadi. Astronomlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu 2021, 2026, 2031 va 2039-yillarda sodir bo‘ladi. Kelajakda hisob-kitoblarga o‘zgartirish kiritilishi mumkin, chunki olimlar bir qator faktorlarning ta’sirini, xususan quyosh shamolini hisobga olmagan.

«Elektrokar 2030-yilga qadar 2021-yilning martida Yerga yaqin keladi. Oraliq masofa 45 million kilometrni tashkil etadi», — deya qo‘shimcha qiladi Jonatan Makdauell. Shunga qaramay, 2073-yilda elektrokar va bizning sayyoramiz orasidagi masofa «atiga» 1,6 million kilometrga teng bo‘ladi.

Amerikalik kimyogar Uilyam Kerrollning fikricha, eng avvalo elektrokarning o‘rindiqlari va shinalari yemiriladi. Shundan so‘ng, elektrokar karkasi buzilishni boshlaydi. Oxir-oqibatda avtomobildan faqatgina meteorlarga duch kelmagan alyuminiy rama, ichidagi temir va oynali detallar but qoladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring