Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Astronomlar: Yerga avtobus kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda

Astronomlar: Yerga avtobus kattaligidagi asteroid yaqinlashmoqda

Illyustrativ surat.

Foto: «Fotolia.com»

Astronomlar Yerga ulkan «2018 DV1» asteroidi yaqinlashib kelayotgani haqida xabar berishdi.

«2018 DV1» asteroidining harakatlanish yo‘nalishini onlayn-translyasiya qilinadigan «The Virtual Telescope Project 2.0» loyihasi saytida e’lon qilinishicha, asteroid Yerdan 105 ming kilometr uzoqlikdan o‘tib ketadi. Uning diametri 5,6 — 12 metr atrofida.

Astronomlarning qayd etishicha, asteroidning bizning sayyoramiz bilan to‘qnashish ehtimoli yo‘q.

Birinchi bor «2018 DV1» asteroidini AQShning Arizona shtatida joylashgan  «Maunt-Lemmon» observatoriyasi xodimlari qayd etgan, deb xabar beradi «RIA Novosti».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring