Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Astrofiziklar Ilon Maskning «katta xatosi»ni ko‘rsatishdi

Astrofiziklar Ilon Maskning «katta xatosi»ni ko‘rsatishdi

Ilon Mask.

Foto: «Autobild»

Dubaydagi Butunjahon hukumatlararo sammitida chiqish qilgan britan astrofizigi Martin Ris 2050-yilda Mars sayyorasiga million kishini jo‘natishni rejalashtirayotgan «SpaceX» kompaniyasi asoschisi Ilon Maskni tanqid qildi.

Martin Ris. Foto: «Ideonomika»

«Maskning g‘oyasi xato va xavfli... Marsda yashash Janubiy qutb yoki Everest cho‘qqisida yashashdan yomon bo‘lsa yomonki, aslo yaxshi emas», — Martin Risning so‘zlarini keltirdi «Sky News».

Amerikalik astrofizik Nil Degrass Tayson ham hamkasbi bilan hamfikr. Uning ta’kidlashicha, Marsda qulay hayot qurish uchun avvaliga uni «Yerga aylantirish»ga to‘g‘ri keladi. Yerdagi ehtimoliy halokatdan qutulish uchun boshqa sayyoraga ko‘chib o‘tish, uning fikricha, hozirgi reallikka to‘g‘ri kelmaydi. Marsda yetarlicha sharoit yaratgandan ko‘ra, Yerning o‘zini halokatdan qutqarib qolish hozirgi kunda insoniyat uchun osonroq, dedi u.

Shunga qaramasdan, Tayson fazoni ilhom manbai hisoblovchi «yosh insonlarni» qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatmaslikka chorladi.

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask 2050-yilda Marsga million kishini yuborishni rejalashtirganini aytgandi. Ayni paytda «SpaceX» «qizil sayyora»ga yo‘ldoshlar, ekipajlar va yuklarni eltish imkonini beruvchi trasport tizimlarini yaratish bilan ham shug‘ullanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring