Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Asr uchrashuvi boshlandi

Asr uchrashuvi boshlandi

Foto: «Vesti.ru»

AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bugun Singapurda uzoq kutilgan uchrashuv, ta’bir joiz esa, asr uchrashuvini amalga oshirdi.Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.

Uchrashuv boshlanishidan avval Tramp va Kim Singapurning Sentosa orolidagi «Capella» mehmonxonasida ob’yektivlarga poz berishdi, ya’ni kameralar oldiga chiqishdi.

Mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da ikkala rahbar AQSh va Shimoliy Koreya bayroqlari oldida salomlashib, keyin muzokaralar o‘tadigan xonaga kirib ketishdi.

Muzokaralar o‘tadigan xonaga kireverishda yana bir bor tasvirga tushgan rahbarlar jurnalistlar uchun qisqa bayonot berishdi.

«Bugun juda muhim uchrashuv o‘tkazamiz», – dedi Tramp.

«Bu yerga kelish oson bo‘lmadi. Bir nechta to‘siqlarni bartaraf etdik», – dedi Kim.

Kecha Oq uydan bugungi uchrashuvning dastlab yakkama-yakka suhbati 45 daqiqa davom etishini, ikkala rahbarga faqat tarjimonlar hamrohlik qilishi aytilgan edi.

1,5 soat davom etadigan delegatsiyalar uchrashuvidan so‘ng tushlik dasturxoni atrofida muzokaralar davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring