Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Asr qotili» boshqa qamoqxonaga ko‘chiriladi

«Asr qotili» boshqa qamoqxonaga ko‘chiriladi

Anders Breyvik.

Foto: EPA

2011-yil iyulida mudhish teraktni amalga oshirgan jinoyatchi — Anders Breyvik boshqa qamoqxonaga ko‘chirilmoqda.

U 11 yil muntazam Shiyen qamog‘ida saqlandi, endigi manzili Rinnerik turmasi, bunisi ham juda qattiq qo‘riqlanadi.

Norvegiyalik qotil 21 yilga qamalgan, biroq mahkum jamiyat uchun xavf tug‘dirishda davom etarkan, qamoqxonada bandi qilinishi tugamaydi.

Avvalroq Breyvik shartli-muddatidan oldin ozod etishlarini so‘rab arz qilgan, ammo sud rad etgandi: Breyvikning ruhiy sifati o‘sha-o‘sha — o‘zgarmagan, yana teraktga qo‘l urishdan toymaydi.

Breyvik, shuningdek, Norvegiya hukumatiga ham shikoyat yo‘llagandi. Aytishicha, uni inson huquqlariga zid sharoitda saqlashmoqda, yakka-yolg‘iz bandilikda o‘tirish oqibatida «ruhiy zarba olishi mumkin» ekan.

Anders Breyvik 2011-yilda uyushtirgan xunrezliklar tafsilotlari bilan tanisharkansiz, unga bu ham kam, degan xulosaga borasiz. Breyvik avvaliga 22-iyul kuni Norvegiya poytaxti Oslodagi hukumat binolaridan birini portlatadi — 8 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohat olgan. Terrorchi shundan so‘ng Utyoya oroliga borib, Sotsial-demokratlar ishchilar partiyasi yoshlar qanoti yig‘iniga kelgan qatnashchilarni miltiqda «ovlash»ni boshlaydi. O‘shanda 69 kishi halok bo‘lgan, 66 kishi jarohat olgan, ularning ko‘pchiligi o‘smirlar edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring