«Arzon mashina taklif qilib, aldab ketishmoqda»: «GM Uzbekistan» ogohlantirish bilan chiqdi
«GM Uzbekistan» o‘z mijozlariga ogohlantirish bilan chiqdi. Unda kompaniya fuqarolarni arzon mashina taklif qilib, aldayotgan shaxslar haqida gap boradi.
«Shu kunlarda aholiga juda ham arzonlashtirilgan narxlarda yangi avtomobil taklif qilib, aldov yo‘li bilan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirayotgan «tadbirkorlar»ning firibgarlik faoliyati yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Ma’lum bo‘lishicha, ayrim firmalar firibgarlik bilan juda arzonlashtirilgan narxlarda xaridorlarga yangi avtomobil taklif qilib, natijada na avtomobil va na pulni qaytarib bermagan. Bugun o‘nlab insonlar ana shunday firibgarlarning qurboniga aylanishga ulgurgan.
«GM Uzbekistan» AJ yangi avtomobillar savdosi bilan faqatgina kompaniyaning rasmiy dilerlari shug‘ullanishini ma’lum qilgan holda Sizlardan ogoh bo‘lishingizni, firibgarlarning qurboniga aylanmasligingizni so‘rab qoladi» deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarda.
Shuningdek, ishonchli ma’lumot sifatida rasmiy dilerlarining to‘liq ro‘yxati quyidagi havolada keltirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter