Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Armaniston ortidan Moldova ham o‘z yo‘ldoshini fazoga olib chiqadi

Armaniston ortidan Moldova ham o‘z yo‘ldoshini fazoga olib chiqadi

Foto: NOI.md

2022-yilning 25-may kuni «SpaceX» kompaniyasining Falcon 9 raketasi Armanistonning ilk fazoviy yo‘ldoshini Yer orbitasiga olib chiqqandi.

Xuddi shu raketa moldovalik tadqiqotchilar yaratgan nanoyo‘ldoshni 30 iyun kuni ochiq kosmosga olib chiqishi kutilyapti. Aslida parvoz bugun, 10-iyunda amalga oshirilishi kerak edi, biroq kosmik kemaning dvigatel qismidagi texnik muammo sabab parvoz kechiktirildi.

Moldova tez orada Yer orbitasida o‘z yo‘ldoshiga ega davlatlar qatoriga qo‘shiladi.

Moldovaning yo‘ldoshi fazoda radiatsiya va gazlar to‘planishini o‘rganadi. TUMnanoSAT nanoyo‘ldoshini yaratish uchun Fazoviy texnologiyalar milliy markazining 15 kishilik jamoasi qariyb uch yil tinmay mehnat qildi. Qurilma Buxarest (Ruminiya) Fazo fanlari institutida Yaponiya Milliy fazoviy agentligi mutaxassislari tomonidan sinovdan o‘tkazildi. Sertifikat olgan nanoyo‘ldosh AQShga yuborildi.

Moldovaliklarning sun’iy yo‘ldoshi Yerdan 430 kilometr olislikdagi orbitaga olib chiqiladi. Uning tezligi soniyasiga 8 kilometrni tashkil etadi.

Nanoyo‘ldosh 10 santimetrli qirrali kub shaklida bo‘lib, og‘irligi — 1,2 kilogramm. Unga o‘rnatilgan kamera tasvirlarni bevosita Moldova texnika universitetiga uzatib turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring