Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Argentinadagi bayramda ikki muxlis halok bo‘ldi

Argentinadagi bayramda ikki muxlis halok bo‘ldi

Foto: BBC

Argentina milliy jamoasining jahon chempionatidagi g‘alabasini Buenos-Ayres ko‘chalarida nishonlash qurbonlarsiz bo‘lmayapti.

Ikki muxlis hissiyotlarini jilovlay olmaslik oqibatida bevaqt olamdan o‘tdi.

G‘alabani nishonlayotgan muxlislardan biri tomga sakrab, boshidan og‘ir jarohat olib vafot etdi. Yana biri esa yelkasiga tashlab olgan bayroq minib ketayotgan mototsikli g‘ildiraklariga o‘ralib qolishi oqibatida halok bo‘ldi. U boshqaruvni yo‘qotib, yiqilgan.

Shuningdek, besh yoshli bola koma holatida, bayram payti yodgorlikning tushib ketgan marmar tosh bo‘lagi uning boshiga kelib tekkan.

Mamlakat prezidenti 20-dekabrni dam olish kuni deb e’lon qildi. Shu kuni Buenos-Ayres ko‘chalariga 5 millionga yaqin odam bayram qilish uchun chiqdi. Ayrim hisob-kitoblarga ko‘ra, shaharga kamida 13 million dollar zarar yetkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring