Argentina Ispaniyaning noyob rekordini takrorladi
Futbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi uch yirik turnirda qatorasiga g‘alaba qozonib, Ispaniya terma jamoasining noyob rekordini takrorladi.
Lionel Skaloni boshchiligidagi Argentina Amerika kubogini navbatdagi marotaba qo‘lga kiritdi — finalda Kolumbiya mag‘lub etildi (1:0).
Ushbu sovrin «albiseleste» uchun so‘nggi uch yilda uchinchisi bo‘ldi — argentinaliklar 2021-yilda ham qit’a kubogini o‘zlariniki qilishgan, 2022-yil mundiali dramatik finalida Fransiyani mag‘lub etib, jahon chempionlariga aylanishgan.
Bungacha faqat Ispaniya shunday yutug‘i bilan maqtana olardi: 2008 va 2012-yillarda — Yevro g‘olibi, 2010-yilda — jahon chempioni.
Amerika kubogi-2024 finali Mayami (AQSh)dagi «Hard Rok» stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yin taqdiri qo‘shimcha taymlarda hal bo‘ldi — Lautaro Martines 112-daqiqada argentinaliklar g‘alabasini ta’minlagan gol muallifi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, 14-iyul oqshomida o‘tgan Yevrofinalda Ispaniya Angliyani 2:1 hisobida yengib, to‘rtinchi chempionlik bilan qit’a futboli tarixidagi eng kuchli milliy jamoaga aylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter