AQShning qancha qo‘shini Afg‘onistonni tark etib bo‘ldi?
AQSh Mudofaa vazirligi Afg‘onistondan 17 ming harbiy texnikani olib chiqib, ushbu mamlakatdan qurolli kuchlarini olib chiqishni deyarli to‘liq yakunladi. Bu haqda markaziy qo‘mondonlikka tayanib RIA Novosti xabar berdi.
«Qo‘shinni olib chiqish jarayoni davom etmoqda. Markaziy qo‘mondonlik hisob-kitoblariga ko‘ra, butun jarayonni 90 foizdan ortiq bajardik», — deyiladi bayonotda.
Ta’kidlanishicha, Pentagon mingga yaqin yuk reyslarini amalga oshirgan, 17 ming turli jihozlarni olib chiqib, yetti ob’yektni Afg‘oniston harbiy bo‘limiga topshirgan.
Aprel oyi oxirida NATO kuchlari, xususan, AQSh o‘z harbiylarini mamlakatdan olib chiqa boshladi. Dastlab barcha xorijiy qo‘shinlar 2020-yil fevral oyida Qatarda imzolangan shartnomada ko‘zda tutilganidek, shu yilning 1-mayiga qadar tark etishi rejalashtirilgandi. Keyinchalik AQSh prezidenti Jo Bayden kontingentni olib chiqish 11-sentyabrga qadar yakunlanishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter