Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ogohlantirish bilan chiqdi

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi Meksika chegarasi orqali Qo‘shma Shtatlar hududiga noqonuniy kirishga urinish holatlari bo‘yicha bayonot berdi.

«AQSh elchixonasi noqonuniy yo‘l bilan AQSh hududiga kirishga urinayotgan shaxslar o‘z hayotlarini jinoyatchilik, odam savdosi hamda moliyaviy firibgarlik qurboniga aylanish xavfi ostiga qo‘yishlari haqida ogohlantiradi. Noqonuniy yo‘l orqali AQShga kelish hech qachon xavfsiz bo‘lmagan», – deyiladi bayonotda.

Diplomatik vakolatxona migrantlarni mamlakatga xavf-xatar ostida, noqonuniy tarzda emas, balki qonuniy yo‘llar orqali kirishga chorlagan.

Keyingi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolarining AQShga Meksika orqali qing‘ir yo‘llar bilan kirishga urinishi holatlari kuzatilmoqda.

2022 yil dekabr oyida Meksikaning Durango shtati Gomes Palasio shahrida tutqunlikda ushlab turilgan bir guruh O‘zbekiston fuqarolari mahalliy politsiya tomonidan qutqarildi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonliklar Meksika orqali AQShning Kaliforniya shtatiga noqonuniy ravishda o‘tib ketishni rejalashtirgan.

Samarqandda esa Meksika orqali AQShga jo‘natish evaziga fuqarolardan katta miqdorda pul undirmoqchi bo‘lgan shaxslar DXX tomonidan qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring