Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«AQShni noxush narsalar kutmoqda»: Kim Chen Inning singlisi tahdidli chiqish qildi

«AQShni noxush narsalar kutmoqda»: Kim Chen Inning singlisi tahdidli chiqish qildi

Shimoliy Koreya AQShni rasmiy Pxenyan bilan qarama-qarshilikdan voz kechishga chaqiradi, deydi Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari, Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington bunday siyosat olib borar ekan, respublika «eng kuchli»  yadroviy to‘xtatuvchi tizimni yaratish bilan shug‘ullanadi.

«Bizning jig‘imizga tegishga urinish AQSh uchun juda qimmatga tushadi. Yashirmayman, Amerika Qo‘shma Shtatlari juda noxush narsalar kutmoqda» , — dedi Kim Yo Chjon.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQShning Koreya yarim orolidagi strategik aktivlarini ko‘paytirishga qaratilgan sa’y-harakatlariga javoban KXDR yanada «cheksiz va keng ko‘lamli»  harakat qiladi.

Kim Yo Chjon Shimoliy Koreyaning raketa sinovlariga hech kimda e’tiroz bildirishga asos yo‘qligini ta’kidlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring