AQShda yo‘lga sochilgan pullar sabab bir nechta YTH sodir bo‘ldi
AQShning Nyu-Jersi shtatida inkassator mashinasidagi pullar yo‘lga sochilib ketgan. Bu bir nechta yo‘l transport hodisasiga olib keldi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».
Sharqiy Ruterford okrugi politsiya boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, YTH avtomobil haydovchilari chetga o‘tmasdan pullarni yig‘ish uchun yo‘lning o‘rtasida to‘xtashgani sabab sodir bo‘lgan.
Shuningdek, hodisa sabab Nyu-York yaqinida katta tirbandlik yuzaga kelgan.
«Gothamist» portalining xabar qilishicha, pullar «Brink’s» kompaniyasiga tegishli inkassator mashinasidan tushib ketgan. Sochilib ketgan pullarning aniq miqdori ma’lum qilinmagan.
Hodisadan so‘ng bir necha kishi pullarni qaytarish uchun politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Huquq-tartibot organlari boshqa odamlarni ham pullarni qaytarishga chaqirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter