AQShda yana bir qora tanli fuqaro politsiya qo‘lida vafot etdi
AQShning Atlanta shahrida fuqaro Reyshard Bruk politsiya tomonidan qo‘lga olingandan so‘ng vafot etgan.
Fox News telekanalining shahar meri Keyshu Lens Bottomsga asoslanib xabar berishicha, Atlanta shahri politsiyasi boshlig‘i Erik Shilds ushbu voqeadan keyin o‘z lavozimini tark etgan.
Biroq Shilds politsiya tizimida ishlashda davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, yana bir amerikalik Jorj Floydning politsiya qo‘lida halok bo‘lishi AQShda ulkan namoyishlarni keltirib chiqargandi.
Floydning o‘limi nafaqat AQShda, balki Yevropa shaharlarida ham namoyishlarga sabab bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter