Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda gazeta tahririyatiga hujum: 5 nafar jurnalist halok bo‘ldi

AQShda gazeta tahririyatiga hujum: 5 nafar jurnalist halok bo‘ldi

Foto:«Izvestiya»

29 iyun kuni AQShning Merilend shtatida «Capital Gazette» nashri binosida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Ann-Arandel okrugi politsiya boshlig‘i o‘rinbosari Bill Krampf otishmada halok bo‘lgan insonlarning ismlarini ma’lum qildi. Ular Uendi Uinters, Rebekka Smit, Robert Xayasen, Jerel Fishman va Jon Maknamara.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, ularning barchasi gazeta xodimlari bo‘lishgan.

Otishma sodir etgan shaxsning ismi hali oshkor etilmagan, lekin OAV uning ismi Jerrod Uorren Ramos ekanini yozmoqda. Ramos gazeta bilan bir necha bor sudlashgan va internetda gazeta xodimlarini haqoratlab kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring