Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShga «Florens» to‘foni yopirildi

AQShga «Florens» to‘foni yopirildi

Skrinshot: «You Tube»

AQShga bir necha kundan beri xavf solayotgan «Florence» to‘foni Shimoliy Korolina shtatiga yetib keldi, deya xabar beradi «Sabah.com.tr» sayti.

Uilmington shahrida bir uyning ustiga daraxtning qulashi oqibatida ona-bola halok bo‘lgan. Ota esa og‘ir tan jarohati olgan. Hampstid shahrida yurak xuruji tufayli bir ayol vafot etdi. Lenoir shahrida bir kishi tok urishi oqibatida jon berdi.

Shimoliy va Janubiy Karolina shtatlarida 500 ming kishi elektr energiyasiz qoldi. 26 ming kishi xavfsiz joylarga ko‘chirildi. Noqulay ob-havo tufayli minglab parvozlar bekor qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring