AQShda 18 yoshli o‘spirin 21 kishini otib o‘ldirdi
AQShning Texas shtatidagi boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan otishmada 18 bola va uch kishi, jami 21 odam halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Texas shtati senatori Roland Gutiyerres fojia qurbonlari bo‘yicha ma’lumot berdi. Avvalroq 15 kishi halok bo‘lgani, 14 nafar talaba va bir o‘qituvchi haqida xabar berilgan edi.
Gutiyerres maktabga hujumda gumon qilingan Salvador Ramos 18 yoshida ekani va yaqinda avtomatlar sotib olganini aytdi.
Hodisa Texasning Uvalde okrugidagi boshlang‘ich maktabda sodir bo‘lgan. Viloyat gubernatori Greg Ebbotning so‘zlariga ko‘ra, ta’lim muassasasida bo‘lganlarga qarata o‘t ochishdan avval Salvador Ramos o‘z buvisining joniga qasd qilgan.
AQSh prezidenti Jo Bayden otishma qurbonlari xotirasiga 28 mayga qadar Oq uy va barcha hukumat binolari, shu jumladan xorijdagi bayroqlarni yarmigacha tushirishni buyurdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Nyu-York shtatidagi Buffalo shahridagi supermarketda sodir bo‘lgan otishmada o‘n kishi halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter