Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh uchirgan samoviy jism asteroid bilan to‘qnashib ketdi

AQSh uchirgan samoviy jism asteroid bilan to‘qnashib ketdi

Amerikaning DART zondi (Double Asteroid Redirection Test) Dimorf asteroidi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda NASA xabar bermoqda.

To‘qnashuv rejalashtirilgan bo‘lgan. U Yerni potensial xavfli kosmik ob’yektlardan himoya qilishning birinchi turini sinab ko‘rish uchun mo‘ljallangan.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya AQSh Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi saytida o‘tkazildi.

To‘qnashuv AQShning Sharqiy qirg‘og‘i vaqti bilan 19:15 da sodir bo‘lgan.

Zond tezligi soatiga 24 ming km ga yetgan. DARTning o‘zi 2021 yil noyabr oyida Kaliforniyadagi Vandenberg kosmik kuchlari bazasidan uchirilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring