AQSh "Tolibon"ga munosabatini keskin o‘zgartiradimi?

AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, ayni paytda Afg‘onistonda hukmronlik qilayotgan “Tolibon” harakatining maqomi qayta ko‘rib chiqilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu amerikaliklarning Afg‘onistondan ozod etilishi bilan bog‘liq.
“O‘ylaymanki, bu holat endi qayta ko‘rib chiqilmoqda, chunki so‘nggi bir necha hafta ichida biz hibsga olingan amerikaliklarning bir qismini ozod qilishda ma’lum muvaffaqiyatlarga erishdik”, dedi Marko Rubio Vakillar palatasida bo‘lib o‘tgan tinglovda.
"Bizda ular bo‘yicha bir qator qarorlar bor, ular oxir-oqibatda Afg‘onistonga nisbatan kelajakdagi siyosatimiz qanday bo‘lishi kerak, deb o‘ylagan yaxlit yondashuvga asoslanadi. Biz ular kimligini va o‘tmishda nimalar qilganini aniq tushunamiz. Biz ular bilan Al-Qoidaga qarshi kurashda ko‘proq hamkorlik qilishlarini istaymiz. Shunday ekan, menimcha, bu prezident hamkorlikni kengaytirish uchun qo‘llaydigan vositalar majmuasining bir qismidir”, — deya qo‘shimcha qildi u.
“Tolibon” “xorijiy terrorchi tashkilotlar” (FTO: tashkilot AQSh xavfsizligiga tahdid degan ma’noni anglatadi) ro‘yxatiga kiritiladimi, degan savolga kotib shunday javob berdi.
Harakat hozirda Qo‘shma Shtatlarda "Maxsus belgilangan global terrorist" maqomiga ega. FTO ro‘yxatiga kiritilishi kengroq sanksiyalarni o‘z ichiga oladi.
Mart oyida Vashington rasmiylari Afg‘oniston bilan muzokaralar natijasida AQSh fuqarosi Jorj Glezmann ozod etilganini e’lon qilgan edi. Amerikalik 2022-yil dekabrida mamlakat razvedka xizmatlari tomonidan hibsga olingan. Yanvar oyida Afg‘oniston mahbuslar almashinuvi doirasida yana ikki AQSh fuqarosini ozod qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter