Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh O‘zbekiston bojxonachilariga zamonaviy ko‘rik majmualarini taqdim qildi

AQSh O‘zbekiston bojxonachilariga zamonaviy ko‘rik majmualarini taqdim qildi

AQShning Eksport nazorati va chegara xavfsizligi (EXBS) dasturi doirasida O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasiga 50 dona ST-40 ko‘rik majmuasi taqdim qilindi.

Zamonaviy uskunalarni topshirish marosimida Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov va AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik boshchiligidagi delegatsiya qatnashdi.

Bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, AQSh elchisi ko‘rik uskunalari chegara xavfsizligi va xizmat faoliyati samaradorligini oshirishda asqotishini ta’kidlagan.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi bojxona hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

AQSh vakillari Bojxona qo‘mitasi uchun ustuvor hisoblangan yo‘nalishlarda hamkorlik qilishdan mamnun ekanini bildirgan. Jumladan, AQShning Qurolsizlantirish va ularning tarqalishini oldini olish fondi loyiha boshqaruvchisi D.Xirsh kelgusida qo‘mita uchun zarur bo‘lgan uskunalarni tanlash bo‘yicha hamkorlikda ish olib borish mumkinligini aytgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 18-19 aprel kunlari Bojxona institutida EXBS dasturi tomonidan bojxonachilar uchun ST-40 ko‘rik majmuasidan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv kursi o‘tkaziladi.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Samarqand aeroporti chegara-bojxona postiga sanoqli davlatdagina mavjud bojxona uskunalarini taqdim qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring