AQSh hukumati noqonuniy muhojirlarni deportatsiya qilish bo‘yicha qonun qabul qilmoqchi

AQSh prezidenti Jo Bayden hukumat siyosatiga chegarani noqonuniy kesib o‘tgan oilalarni tezda deportatsiya qilishga imkon beradigan immigratsiya siyosatini qaytarishi mumkin. Bu haqda Axios sayti ishonchli manbalariga asoslanib xabar qilmoqda.
Xabarga ko‘ra, ushbu hafta AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi muhojirlarni tezkor deportatsiya qilish masalasini o‘rganishi kerak. Oq uyning ba’zi maslahatchilari ushbu chorani potensial noqonuniy chegaralarni buzuvchilarni to‘xtatish usuli sifatida tavsiya qilishmoqda.
AQSh ma’muriyati vakili hozircha yakuniy qarorlar qabul qilinmaganini, har doim adolatli va tartibli immigratsiya tizimini yaratishning turli xil variantlari ko‘rib chiqilayotgani haqida aytgan.
1996-yilda yaratilgan tezkor ravishda chiqarib tashlash tizimi ba’zi muhojirlarni to‘liq va uzoq sud jarayonisiz deportatsiya qilishni osonlashtirishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter