Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh: Kamala rasman Demokratik partiyadan nomzod maqomini oldi

AQSh: Kamala rasman Demokratik partiyadan nomzod maqomini oldi

So‘nggi kunlarda AQSh prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi deyarli hal bo‘lgan masala sifatida ko‘rilgan Kamala Harris rasman Demokratik partiyadan nomzod maqomini oldi. Unga partiya delegatlarining 99 foizi – jami to‘rt yarim ming kishi ovoz berdi.

Harris 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga raqiblik qiladi. U o‘zining vitse-prezidentlikka nomzodi sifatida kimni tanlashi masalasi haligacha ochiq qolmoqda. U bu qarorni tezda qabul qilishi lozim, chunki yaqin kunlarda u Filadelfiyada yordamchi bilan chiqish qilishi kerak.

Amerika matbuotiga ko‘ra, Harris jamoasidan vitse-prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun ikkita asosiy da’vogar bor. Ular – Pensilvaniya gubernatori Josh Shapiro va Minnesota gubernatori Tim Vals.

Filadelfiyadagi nutqidan so‘ng Harris va uning yordamchisi yana oltita «tebranma shtatlar» - Viskonsin, Michigan, Shimoliy Karolina, Jorjiya, Arizona va Nevada shtatlariga tashrif buyurishlari kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring