AQSh ichki xavfsizlik vaziri shifoxonaga yotqizildi

AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem shifoxonaga yotqizildi, bu haqda CNN manbalari xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, Noemning hushi joyida va qo‘riqchilari bilan muloqot qilmoqda. Vazirlik voqea yuzasidan munosabat bildirgan emas.
Eslatib o‘tamiz, Kristi Noem aprel oyida Vashington markazidagi restoranga oilasi bilan kechki ovqatlanishga kelgan paytida tunab ketilgan edi. Noma’lum erkak uning sumkasini o‘g‘irlagan, sumkada Noemning pasporti, haydovchilik guvohnomasi, xizmat ruxsatnomasi, uyining kalitlari, bo‘sh cheklari, taxminan uch ming dollari va boshqa narsalari bo‘lgan.
Kristi Noem rahbarligidagi ichki xavfsizlik vazirligi chegara nazorati va immigratsiya, terrorchilikdan himoyalash va kiberxavfsizlik kabi masalalar bilan shug‘ullanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter