Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh G‘azo masalasida bir haqiqatni tan oldi

AQSh G‘azo masalasida bir haqiqatni tan oldi

AQSh ma’muriyati G‘azo sektorida boshlangan mojaroga yondashuvda xatolarga yo‘l qo‘yganini tan oldi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Jonatan Fayner AQSh musulmonlari rahbarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozadi The New York Times.

«7 oktyabrda ushbu inqirozga munosabat bildirishda xatolarga yo‘l qo‘yganimizni yaxshi bilamiz», — deya rasmiy so‘zlaridan iqtibos keltiradi nashr. Fayner, shuningdek, Isroil hukumati Falastin davlatchiligi yo‘lida «qadam qo‘yishni» xohlayotganiga shubha bildirdi. 

«Hozirgi Isroil hukumatiga ishonmayman», deydi u.

AQSh ma’muriyati Falastin davlatini yaratish uchun Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasida rasmiy diplomatik aloqalarni o‘rnatish muhim bo‘ladi, deb hisoblaydi. 

Faynerning aytishicha, Bayden ma’muriyati «Isroil siyosiy elitasining g‘azoliklarni hayvonlarga qiyoslashiga darhol javob berishi kerak edi». Fayner bu so‘zlarni «jirkanch» deb atadi.

Fayner AQSh prezidenti Baydenning 14 yanvar kuni G‘azodagi urushga bag‘ishlangan nutqidan juda afsusda ekanligini bildirdi. O‘shanda AQSh prezidenti o‘z nutqida o‘g‘irlab ketilgan isroilliklar haqida gapirdi, lekin o‘ldirilgan falastinliklar haqida indamadi. «Bunday bo‘lmasligi kerak edi va men bu yana takrorlanmasligiga ishonaman, chunki bu bizga katta zarar yetkazganini bilamiz», dedi Fayner.

AQShda o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovlarga ko‘ra, Baydenning arab va musulmon jamoalari o‘rtasidagi obro‘si kamayib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring