Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh elchixonasi Moskvada terakt xavfidan ogohlantirdi

AQSh elchixonasi Moskvada terakt xavfidan ogohlantirdi

AQShning Rossiyadagi elchixonasi o‘z fuqarolariga 48 soat davomida Moskvadagi ommaviy tadbirlarga bormaslikni tavsiya qildi. Diplomatik vakolatxonaga ko‘ra, Rossiya poytaxtida terakt sodir etilishi xavfi mavjud. 

«Elchixona ekstremistlar Moskvadagi yirik tadbirlar, jumladan, konsertlar chog‘i hujum uyushtirishni rejalashtirayotgani haqidagi xabarlarni kuzatib bormoqda», – deyiladi 7 mart kuni elchixona rasmiy saytida chop etilgan xabarda.

Diplomatik vakolatxona AQSh fuqarolariga 48 soat davomida izdihomlarga bormaslik bilan birga mahalliy OAV xabarlarini kuzatib borish, yon-atrofdagilarga diqqatli bo‘lishni ham uqtirgan.

Amerika elchixonasi ortidan Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi ham shunday mazmunda ogohlantirish bilan chiqqan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring