Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh ayrim davlatlarga grant dasturlarini to‘xtatdi: ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor

AQSh ayrim davlatlarga grant dasturlarini to‘xtatdi: ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor

AQSh Davlat departamenti chet mamlakatlarga 215 mln dollarlik turli maqsadlar uchun ajratilgan grantlarni berishni to‘xtatdi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor.

Bu haqda DOGE departamentining X tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilindi.

«Bugungi kunda 215 million dollarlik 139 ta befoyda grantlar bekor qilindi», – deyiladi xabarda.

Grantlar bekor qilingan davlatlarga, jumladan, Belarus, Armaniston, Bolgariya, Braziliya, Buyuk Britaniya, Liviya, Moldova, Mavritaniya, Tunis va Shri-Lanka kabi davlatlar kirgan.

O‘zbekistonda esa «Tanqidiy fuqarolik faolligini rag‘batlantirish» uchun ajratib kelingan 2,5 million dollarlik grant bekor qilingan.

Shuningdek, qo‘shni Qirg‘izistonga ajratib kelingan («Fuqarolik jamiyatining barqarorligi va moslashuvini ta’minlash» yo‘nalishida) 750 ming dollarlik grant ham to‘xtatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring