Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madiyar Saidrahimov angliyalik bokschidan yaqqol ustun keldi

Madiyar Saidrahimov angliyalik bokschidan yaqqol ustun keldi

Serbiyada o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining chorakfinal bahslarida so‘nggi bo‘lib ringga ko‘tarilgan Madiyar Saidrahimov yarimfinalga yo‘l oldi.

-92 kg vazn toifasida angliyalik Lyuis Uilyamsga qarshi kechgan jangda Madiyar Saidrahimov katta ustunlikka ega bo‘ldi va 5:0 hisobida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shunday qilib O‘zbekiston tarkibida faqat ikki bokschi – Abdumalik Xalakov va Madiyar Saidrahimov medal uchun kurashni davom ettiradigan bo‘lishdi. Qolgan bokschilarimiz musobaqadan chiqib ketishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring