Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliya premer-ligasida yil o‘yinchisi aniqlandi

Angliya premer-ligasida yil o‘yinchisi aniqlandi

Foto: «LB.ua»

«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk Angliya premer-ligasining bu yilgi mavsumi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda Angliya professional futbolchilari assotsiatsiyasi (PFA) «Twitter»da xabar berdi.

PFA talqiniga ko‘ra, Van Deyk «Manchester Siti»dan Rahim Sterling, Serxio Aguero va Bernardu Silva, «Chelsi»dan Eden Azar hamda o‘z jamoasidan Sadio Mane kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Virjil van Deyk. Foto: «Football.ru»

Ovoz berishda APLning barcha futbolchilari qatnashdi.

Eslatib o‘tamiz, Angliyada o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi Muhammad Saloh («Liverpul») bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun: Virjil van Deyk bu mavsumda 45 o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urgan, to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring