Andijonda 50 ta ko‘p qavatli uy quriladi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining Sulton Jo‘ra mahallasida qurilgan uy-joylarni borib ko‘rdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Davlatimiz rahbarining o‘tgan yilgi tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar asosida ushbu mahallada beshta, Mustaqillik mahallasida ikkita 7 qavatli uy qurilib, foydalanishga topshirildi.
Joriy yilda 14 ta shunday turar joy barpo etilayotgan edi. Prezidentimiz Andijonda bu masala dolzarb ekanini inobatga olib, joriy yilda qo‘shimcha yana beshta 7 qavatli uy qurish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shu tariqa bu yil Andijon shahrida 19 ta, yaqin yillarda jami 50 ta ko‘p qavatli uy bunyod etiladi.
Shu yerda Andijon viloyatida amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlari, kommunal tarmoqlarni yaxshilash loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida ichimlik suvi tarmoqlarini rivojlantirish uchun 200 milliard so‘m mablag‘ ajratishga ko‘rsatma berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter