Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijon viloyati hokimi ADU talabalariga «Hayot darsi»ni o‘tib berdi

Andijon viloyati hokimi ADU talabalariga «Hayot darsi»ni o‘tib berdi

Foto: Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Andijon viloyati hokimi, senator Shuhratbek Abdurahmonov Andijon davlat universitetida talaba-yoshlari bilan uchrashib, ular bilan ochiq suhbat o‘tkazdi. «Hayot darsi»  deb nomlangan suhbatda yoshlar tarbiyasi, ta’lim, islohotlarga dahldorlik hissini uyg‘otish kabi muhim masalalar haqida so‘z bordi.

Dastlab viloyat hokimi talabalarga davlatimiz va hukumatimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan ko‘plab farmon va qarorlar, qonunosti hujjatlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, Sh.Abdurahmonov prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus haqida so‘z yuritib, bularning barchasi jamiyatda yoshlarning o‘z iste’dodlarini yuzaga chiqarishlari uchun muhim qadam bo‘lganini qayd etdi.

Foto: Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

«Bolaning bog‘chada olgan tarbiyasi uning kelajakda qanday inson bo‘lib ulg‘ayishida juda katta rol o‘ynaydi», - dedi viloyat hokimi.

Bola tarbiyasi oiladan boshlanadi, ota-ona farzandlar uchun na’muna bo‘lish birga, avlodlar davomchilari bo‘lmish farzandlarimizni haqiqiy vatanparvar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq etib tarbiyalash lozim. Katta hayotga qadam qo‘yayotgan yosh oilalarda oila, hayotning muqaddasligi, ro‘zg‘or haqida tushunchalarga ega bo‘lishi kerakligi haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, muloqotda viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov tomonidan oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, nikoh, erta nikoh qurishning salbiy jihatlari oilaning muqaddas ekanligi talaba-yoshlarga hayotiy misollar orqali tushuntirib o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring