«Andijon» «Navbahor»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi
Bugun, 5-oktyabr kuni Farg‘onadagi «Istiqlol» stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi finalida «Navbahor» va «Andijon» jamoalari kuch sinashdi.
Uchrashuvdagi ilk golni 53-daqiqada Abrorbek Ismoilov kiritib, «Navbahor»ni oldinga olib chiqdi.
82-daqiqada andijonliklar hisobni tenglashtirdi.
Asosiy bo‘limlarda g‘olib nomi aniqlanmadi. Ikkinchi qo‘shib berilgan taymda «Andijon» futbolchisi Mamatkazin darvozani ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikki daqiqadan so‘ng Tabatadze hisobni tenglashtirdi.
Dramatik uchrashuvning 120+3-daqiqasida andijonliklar Vladimir Bubanyaning goli evaziga g‘alaba qozonishdi. «Andijon» o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi!
O‘zbekiston kubogi
Final
5-oktyabr, shanba
«Navbahor» — «Andijon» 2:3
Gol: 1:0 — 53 Ismoilov, 1:1 — 82 Toirov, 1:2 — 116 Mamatkazin, 2:2 — 118 Tabatadze, 2:3 — 120+3 Bubanya.
«Navbahor»: 35. Sanjar Quvvatov, 8. Siyavash Haqnazari, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 12. Saidazamat Mirsaidov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 21. Giorgi Nikobadze, 23. Yovan Jokich, 34. Farrux Sayfiyev, 77. Abror Ismoilov.
«Andijon»: 1. Eldor Adhamov, 5. Abduvohid G‘ulomov, 8. Farhodbek Bekmurodov, 10. Ilhom Abdug‘aniyev, 13. Sardorbek Azimov, 14. Abdurahmon Komilov, 15. Vladimir Bubanya, 17. Farhodjon Sohibjonov, 21. Islom Mamatkazin, 26. Muhammadkarim Toirov, 77. Rustam Turdimurodov.
Ogohlantirishlar: Abdurahmon Komilov (37), Jamshid Boltaboyev (68), Odiljon Hamrobekov (98), Levan Arveladze (104).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter