Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent va Dubay shaharlaridagi Amiti universitetlari o‘rtasidagi aloqalar kuchaydi

Toshkent va Dubay shaharlaridagi Amiti universitetlari o‘rtasidagi aloqalar kuchaydi

Toshkent shahridagi Amiti universiteti va Dubay shahridagi Amiti universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yangi pog‘onaga ko‘tarildi.

Hamkorlik doirasida o‘quv ma’lumotlari hamda turli sohalarda o‘zaro bilim almashish, ikki tomonning ilmiy xodimlari birgalikda tadqiqotlar olib borishi hamda O‘zbekistondagi va tashqi tajribaga ega bo‘lgan korporatsiyalarga xalqaro immersiya dasturlarini taklif qilish ko‘zda tutilgan.

Ushbu ilmiy hamkorlik ixtisoslashtirilgan ma’ruzalar, seminarlar va ilmiy tadqiqotlarni olib borishni o‘z ichiga olib, kelgusida universitetlar o‘rtasida ko‘plab ma’ruzalar o‘tkazish va simpoziumlar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, yaqinda tashkil etilgan Inkubatsion markazni rivojlantirish maqsadida hamkorlik tuzilgan bo‘lib, unda mentorlik ko‘magi bilan ikkala tomonning inkubatsiya markazlari o‘rtasida faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro ish olib boriladi. Bu esa, o‘z navbatida, talabalarning startap g‘oyalarini rivojlantirish uchun innovatsion konsepsiyalar va dasturlarni tashkil etish, shuningdek, sanoat va akademiya aloqalarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.

Ushbu hamkorlik o‘zaro manfaatdorlik va do‘stona munosabatlarga asoslangan bo‘lib, ikkala universitetning kelajakda ilmiy jihatdan yuksalishi, talabalar uchun yana ko‘plab imkoniyatlarni yaratishga olib keladi.

Kelgusida Toshkentdagi Amiti universiteti va Dubaydagi Amiti universiteti birgalikda dolzarb mavzularda tadqiqotlar olib borishni o‘z oldiga maqsad qilib quygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring