Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amirliklar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Amirliklar terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Foto: The AFC

Birlashgan Arab Amirliklari futbol bo‘yicha terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi ma’lum qildi.

Ruminiyalik 55 yoshli Kosmin Olariu BAA milliy jamoasini boshqaradi. U amirliklar futbolchilarini JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekistonga qarshi uchrashuvga tayyorlaydi.

Kosmin Olariu BAAning «Sharja» klubini boshqarib kelayotgandi. Oldin Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Xitoy klublarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldingi bosh murabbiy Paulu Bentu BAAning KXDRga qarshi o‘yindagi og‘ir g‘alabasi (2:1)dan so‘ng iste’foga chiqarilgandi.

Guruhda BAA 13 ochko to‘plab, 3-o‘rinda boryapti. O‘zbekiston — 2-o‘rinda, oradagi farq 4 ochko.

BAA – O‘zbekiston uchrashuvi 5 iyun kuni Abu-Dabida o‘tkaziladi. Bu o‘yindagi durang ham terma jamoamiz uchun jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring