Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik Saltanat onasini Qozog‘istonda topdi

Amerikalik Saltanat onasini Qozog‘istonda topdi

Foto: «Facebook»

Amerikalik Asiya Berger o‘z biologik onasini Qozog‘istonda topdi. Bu haqda «Zakon.kz» yozmoqda.

«O‘z biologik onam bilan yana ko‘rishdim, biz juda baxtlimiz! Yordam uchun barchaga rahmat!», — deb yozdi qiz «Facebook»dagi postiga munosabatlarga javoban.

Amerikaliklar asrab olgan qiz o‘z biologik ota-onasini Qozog‘istonda qidirayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda 27-may kuni xabar paydo bo‘lgandi. 2000 yilda tug‘ilgan bu qizni 2001-yili amerikalik bir oila asrab olib, Asiya Berger ism-sharifini bergan. Asiya yangi oilasidagi uch qizning o‘rtanchasi. Florida shahrida istiqomat qiluvchi qiz kollejda tahsil olyapti. Asiya Berger avval Saltanat Ashkanova bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring