Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik jurnalistlar: Kim Chen In komada

Amerikalik jurnalistlar: Kim Chen In komada

Foto: «Tass.ru»

Janubiy Koreyalik sobiq diplomatga tayanib amerikalik jurnalistlar KXDR yetakchisi komada ekanligini yozishmoqda, deya xabar berdi «Argumenti.ru» portali.

Jurnalistlarning ma’lum qilishicha, Kim Chen Inning ahvoli nihoyatda og‘ir, shu tufayli mamlakatdagi hokimiyatni singlisi Kim Yo Chen egallamoqchi.

«Vorislikning to‘liq tarkibi hali shakllangani yo‘q», — dedi Janubiy Koreyaning marhum prezidenti Kim De Chjunning yordamchisi bo‘lgan eks-diplomat Chan Son Min. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kim Yo Chen birinchi o‘ringa chiqadi. Negaki, hokimiyatdagi bo‘shliq uzoq vaqt davom etishi mumkin emas. Chan Son Minning ta’kidlashicha, KXDR yetakchisi hali tirik, biroq ajal bilan olishib yotibdi.

Shunisi e’tiborga molikki, KXDR yetakchisining komada ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumot Kim Chen In hokimiyatni singlisi bilan bo‘lishgani ma’lum bo‘lgandan keyin bir necha kun o‘tgach OAVda tarqalib ketgan. Kim Yo Chen endi mamlakat rahbariyatidagi ikkinchi odam hisoblanadi. U KXDRning Janubiy Koreya va AQSh bilan munosabatlariga javob beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring