Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov Namangan uchun 50 mln dollar naqd pul jo‘natdi (video)

Alisher Usmonov Namangan uchun 50 mln dollar naqd pul jo‘natdi (video)

Rossiyalik milliarder, «USM Holdings» asoschisi Alisher Usmonov Namangan viloyatidagi «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari ijrosi uchun 50 million dollar miqdorida mablag‘ ajratdi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Namanganda bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida so‘zlagan.

«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari bo‘yicha Usmonov Alisher Burxonovich menga bir taklif qildiki, «Agar siz ruxsat bersangiz, o‘rtoq Prezident, 50 million dollarni «Obod qishloq» bo‘yicha Namangan viloyatiga bersam, siz shuni qanday qabul qilasiz?». Men aytdimki, bu pullarni har bir tumanga 20—25 milliard so‘mdan biz tarqatmoqchimiz. Bu pullar, ochig‘ini aytsam, Toshkentga kelib tushdi. Bu va’da emas, naqd pulni yubordi», — deb aytgan Shavkat Mirziyoyev.

«O‘zbekiston 24» telekanalida efirga uzatilgan lavhada aytilishicha, Prezident noyob loyiha sifatida Namangan shahrida Alisher Usmonov nomi bilan xalqaro biznes-markaz va biznes-maktab ochishni taklif qilgan.

«Biz bunaqa vatandoshlarimiz bilan g‘ururlanishimiz kerak. Men taklif qildim, Namangan shahrida noyob loyiha sifatida xalqaro biznes markazi va Alisher Usmonov nomi bilan zamonaviy biznesni o‘rgatadigan maktab ochiladi»,-degan davlat rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring