Aliment to‘lovchi chet elga chiqishga bo‘lgan taqiqni qanday bekor qilishi mumkin?
Alimentlar oldindan to‘langan yoki bu bo‘yicha garov shartnomasi tuzilgan bo‘lsa xorijga chiqishga oid cheklov olib tashlanadi. Bu haqda «Huquqiy axborot» xabar bermoqda.
Alimentlarni oldindan to‘lash 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga amalga oshirilishi kerak.
Bolalar voyaga yetgunigacha bo‘lgan davr 5 yildan kam bo‘lsa, alimentlarni oldindan to‘lash qolgan davr uchun amalga oshiriladi.
Alimentni to‘lashni garov bilan ta’minlash uchun ariza sudga taqdim qilinadi.
Garov qiymati BHMning 250 baravaridan (67 mln 500 ming so‘m) kam bo‘lmasligi lozim.
Har qanday mol-mulk (avtomobil, do‘kon, uy-joy, kvartira) garov bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter