Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aleksey Arestovich nega iste’foga chiqdi?

Aleksey Arestovich nega iste’foga chiqdi?

Aleksey Arestovich.

Foto: Focus.ua

Ukraina prezidenti ofisi Aleksey Arestovichning ofisning shtatdan tashqari maslahatchilikdan iste’foga chiqish haqidagi arizasini qabul qildi. BBC yozishicha, Vladimir Zelenskiyning matbuot  kotibi Sergey Nikiforov shunday bayonot berdi.

Avvalroq Arestovich prezident ofisi maslahatchisi lavozimidan ketish uchun ariza yozganini ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilgandi. Dneprdagi turarjoy binosiga Rossiya raketasi kelib urilishi oqibatlari haqida tekshirilmagan ma’luot tarqatgani ma’lum bo‘lgach, u shu qarorga kelgan.

Feygin Live yutub-kanalidagi efir chog‘i Arestovich Dneprdagi ko‘p qavatli uyni vayron qilgan raketani Ukrainaning havo hujumiga qarshi kuchlari urib tushirgan, deya noto‘g‘ri ma’lumot bergan. Shundan so‘ng Rossiyaning aksariyat OAVlari Arestovichning ushbu so‘zlarini iqtibos keltirdi.

Keyinchalik efirga chiqqan Arestovich kechirim so‘rab, xatoga yo‘l qo‘yishini charchoqqa yo‘ygandi.

Ukraina QK havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchukning ta’kidlashicha, Ukraina qurolli kuchlari ixtiyorida «ushbu toifadagi raketalarni urib tushirishga qodir qurol yo‘q».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring